21:00 / 04.11.2016
10999

Kechki dayjest: 4 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 4 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

UzReport O‘zbekistonda ilk marta yuqori tezlikdagi internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya o‘tkazdi

“Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” Forumi doirasida to‘rtinchi avlod yuqori texnologiyasiga asoslangan 4G LTE internet tarmog‘idan foydalangan holda O‘zbekistonda birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (jonli) teletranslyatsiya o‘tkazildi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistondagi muzey direktori Yaponiya imperatori ordeni bilan taqdirlandi


Foto: «Gazeta.uz»

3 noyabr kuni Yaponiya hukumati joriy yilda imperatorlik ordeni bilan taqdirlangan chet el fuqarolari ro‘yxatini e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Sergelida yer usti metrosi qurilishi boshlandi


Foto: railway.uz

Toshkent shahrining Sergeli mavzesigacha «Yengil metro» tizimini, ya'ni yerning ustidan estakadalar (ko‘priklar) orqali o‘tgan yangi metropoliten yo‘lini qurish ishlari boshlab yuborildi.

>>> Batafsil.

5 noyabr kuni O‘zbekistonga ikkinchi Dreamliner olib kelinadi


Foto: UZ24

«O‘zbekiston havo yo‘llari» sotib olgan Boeing-787 Dreamliner avialaynerlarining ikkinchisi 5 noyabr kuni Toshkentga keltiriladi.

>>>  Batafsil.

Janubiy Koreya prezidenti uzr so‘radi


Foto: PeoplesDaily

 

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe o‘zi aralishib qolgan siyosiy mojaro uchun uzr so‘radi va bu ish bo‘yicha tekshiruvlarda prokurorlar bilan hamkorlik qilib, ko‘rsatma berishga tayyorligini aytdi.

>>>  Batafsil.

AQSh kongressida Xillari Klinton davlatga xiyonat qilishda ayblandi


© AP Photo/ Patrick Semansky

AQSh kongressida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton davlatga xiyonat qilishda ayblandi.

>>>   Batafsil.

Turkiyada kurdparast deputatlarni qo‘lga olish boshlanishi fonida kuchli portlash amalga oshirildi


Foto: NTV

Juma kuni tongida Turkiyaning janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida joylashgan Bog‘lar tumanida kuchli portlash ro‘y berishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lib, 30dan ortiq kishi jarohatlandi.

>>>  Batafsil.

Iroq armiyasi Mo‘suldagi 6ta tumanni jangarilardan ozod etdi


Foto: © RIA Novosti

Iroq harbiylari Mo‘sul shahri sharqidagi 6ta kvartalni IShID jangarilaridan ozod qilgan. Bu haqda shaharni ozod etish bo‘yicha harbiy amaliyotga boshchilik qilayotgan general-leytenant Abdulamir Yaralla ma'lum qilgan.

>>>  Batafil.

"Afg‘on Mona Lizasi" Pokistondan chiqarib yuboriladi

4 noyabr kuni Pokiston sudi afg‘on millatiga mansub va “Afg‘on Mona Lizasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sharbat Gulaga nisbatan 15 kunlik qamoq jazosi va 110 ming rupiya (ming dollar atrofida) jarima jazosi qo‘lladi.

>>>  Batafsil.

Qirg‘iziston tog‘larida ikki kunni yolg‘iz o‘tkazgan 2 yoshli bolakay topildi


Foto: Turmush.kg

1 noyabrda Qirg‘izistonning Laylak tumani ichki ishlar organlariga 2 yoshli bolaning yo‘qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

>>>  Batafsil.

Xitoylik prokurorning 149 kvartirasi borligi aniqlandi


Foto: Flickr

Xitoy hukumati Nanchana shahri (Tszyansi provinsiyasining ma'muriy markazi, Sharqiy Xitoy) prokuraturasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Syuy Linbao va uning qarindoshlarida umumiy qiymati 110 million yuanga teng (taxminan 16,3 million dollar) 149 kvartira borligi aniqlandi.

>>>  Batafsil.

Botir Qodirov o‘zining yangi konsert dasturida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yodga oldi

1 - 6 noyabr kunlari Toshkentdagi "Istiqlol" san'at saroyida taniqli xonanda Botir Qodirovning konsert dasturi tomoshabinlar hukmiga havola etildi.

>>>  Batafsil.

Lenovo smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatadi


Foto: ixbt.com

Xitoyning Lenovo kompaniyasi shaxsiy brendi ostida smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin.

>>>   Batafsil.

"Manchester Yunayted" 51 yillik antirekordini yangiladi


Foto: Reuters

"Manchester Yunayted"  Yevropa ligasining 4-turi doirasida "Fenerbaxche" (1:2) jamoasiga mag‘lubiyatga uchradi.

>>>  Batafsil.

Babayan terma jamoa yig‘iniga chaqirilganlarning ro‘yxatini ma'lum qildi


Foto: the-uff.com

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 4 noyabrdan yig‘inga kirishdi.

>>>  Batafsil.

Top