Sport | 11:35 / 05.11.2016
15376
5 daqiqa o‘qiladi

"Arsenal" - "Tottenhem", "Sevilya" - "Barselona" va dam olish kunlari o‘tkazib yuborib bo‘lmas o‘yinlar

5-6 noyabr kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

Bundesliga. "Bavariya" - "Xoffenxaym" (Shanba, 5 noyabr, Match! Futbol 3, 19:30)

Germaniya Bundesligasining 10-turida amaldagi chempion "Bavariya" o‘z maydonida "Xoffenxaym"ga qarshi maydonga tushadi. Karlo Anchelotti jamoasi uchun joriy mavsumda chempionat bahslari qiyin kechmoqda. Bundesligada ham qolgan jamoalar saviyalarini oshirib borishib, myunxenliklarning har doimo yutishlari uchun imkoniyat bermayapti. "Xoffenxaym" bu yilgi chempionatni biroz yaxshi boshladi. Bir necha yillar oldin ko‘rsatgan qahramonliklarini takrorlashni rejalashtirgan bo‘lsa ajabmas. 

APL. "Chelsi" - "Everton" (Shanba, 5 noyabr, Match! Futbol 1, 22:30)

APLning bugungi o‘yinlari orasida markaziy bahs "Chelsi" va "Everton" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda bu jamoalar chempionat turnir jadvalida bir-biriga juda yaqin turishibdi. E'tiborlisi, "Chelsi" APLning oxirgi 4ta o‘yinidan beri o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmayapti. "Everton" esa raqiblarini yengib, ko‘tarilishda davom etmoqda. Bugun, 
Romelu Lukaku "Chelsi"ning "quruq" seriyasiga barham bera olarmikan? 

A seriya. "Napoli" - "Latsio" (Shanba, 5 noyabr, Match TV, 00:45)

Italiya A seriyasining 12-turida "Napoli" o‘z maydonida "Latsio"ga qarshi maydonga tushadi. O‘tgan yilda bu jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvlarida har ikkisida ham "Napoli"ning qo‘li baland kelgan edi. Umumiy olib qaralsa, ular shu kunga qadar 122ta uchrashuvda o‘zaro to‘qnash kelishgan. Shundan 44tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 36 bahsda "Latsio"ning qo‘li balan kelgan. O‘tgan mavsumda "Napoli"da Gonsalo Higuain ajoyib o‘yinlari orqali "Latsio" himoyasiga halaqit qilgandi. Bu safargi to‘qnashuv qay tariqa kechishini yaqin vaqt ichida bilib olamiz. 

APL. "Arsenal" - "Tottenhem" (Yakshanba, 6 noyabr, Match! Futbol 1, 17:00)

Angliyada navbatdagi derbi. "Arsenal" va "Tottenhem". Ikki London jamoalarining navbatdagi to‘qnashuvi. Uzoq tarixga ega bo‘lgan jamoalarning to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Ular shu vaqtga qadar 178 marotaba o‘zaro bir-biriga qarshi maydonga tushishgan. Tabiiyki, ustunlik "Arsenal" tomonida. O‘tgan mavsumda bo‘lgan o‘yinlarda hech bir tomon g‘olib jamoani aniqlay olishmagan edi. Har ikki o‘yindan ham durang qayd etilgandi. Bu safargi o‘yinda "shporlar"da jiddiy yo‘qotishlar bor. 

La Liga. "Sevilya" - "Barselona" (Yakshanba, 6 noyabr, 00:45)

Ikki xil kayfiyatdagi jamoalar qarama-qarshiligi. "Sevilya" YeChLda "Dinamo Z"ni qabul qildi va 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan "Barselona"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdi. Aksincha, kataloniyaliklar Angliyada "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Natijada, jamoada tushkunlik holati bor. Biroq La liga o‘yinlarida "Barselona" "Sevilya"ni doimo yutib keladi. Ayrim o‘yinlarda omad andalusiyalarga kulib boqmasa, ustunlik Luis Enrike shogirdlari tomonida bo‘lib kelgan. Ertangi bahsda qaysi bir jamoa yutadigan bo‘lsa, biroz ilgarilab keta oladi. Chunki ular turnir jadvalida bir-biriga juda yaqin turishibdi. 

Mavzuga oid