Mo‘sulda jangarilar 1,5 mingdan ko‘proq kishini garovga oldi
Iroqning Mo‘sul shahrida IShID jangarilari mahalliy aholi orasidan 1,5 ming kishini garovga oldi va ulardan havo bombardimonlari vaqtida tirik qalqon sifatida foydalanmoqda, deb xabar bermoqda BMT yangiliklar markaziga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi.
Bundan tashqari, jangarilar "asirga olinganlarni ommaviy qatl etishni" davom ettirmoqda.
"BMTga 2 noyabrda Mo‘sulning sharqidagi Kajali shaharchasida 180 nafar davlat xizmatchisi o‘ldirilgani haqidagi ma'lumot kelib tushgan. Terrorchilar aslida Mo‘sulda 200 ga yaqin odam o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligi xavotiri bor", deb aytdi BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Ravin Shamdasani.
Uning ma'lum qilishicha, terrorchilar o‘z saflariga 9-10 yoshli bolalarni zo‘ravonlik bilan yollamoqda va ulardan jangarilar sifatida foydalanmoqda.
BMTda shuningdek jangarilar yuk mashinalarida Hammam al-Alil shahri aholisini Suriyaga olib chiqib ketish uchun Tal-Afar shahriga olib chiqayotgani haqidagi ma'lumotlar mavjud.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024