Jahon | 19:10 / 05.11.2016
5640
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyaning kurdparast partiyasi hamraislari qamoqqa olindi

Foto: Getty Images

Turkiya sudi Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari, shu jumladan partiya hamraisi Salohiddin Demirtosh va Figen Yuksekdagni hibsda saqlash xususida qaror qildi, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.

Partiyaning 4 noyabrga o‘tar kechasi ushlangan 12 nafar a'zosidan 9 nafari hibsda saqlanmoqda. Demirtosh Edirne viloyati, Yuksekdag Kojaeli viloyatidagi qamoqxonalarga keltirilgan. Ular mahkama jarayonlari yakunigacha yoki ularga nisbatan yangi qarorlar qabul qilingunicha hibsxonada saqlanadi. 

Deputatlar prokuraturaga chaqirilganlariga qaramay, kelmaganliklari uchun ushlangani xabar qilinmoqda. Turkiya hukumati XDPni terrorizmga ko‘mak berish va taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqalarda ayblamoqda. Demirtoshga nisbatan halqni isyonga chorlash aybi ham ilgari surilayapti. 

 

Mavzuga oid