Toshkentga ikkinchi Dreamliner kelib qo‘ndi (video)
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri xalqaro aeroportiga «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning ikkinchi Boeing -787 Dreamliner samolyoti kelib qo‘ndi. Samolyot AQShning Sietl shahridan Toshkent shahrigacha bo‘lgan masofani 12 soatga yaqin vaqt mobaynida to‘xtamay uchib o‘tgan.
Havo laynerini O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Boing 787 uchish guruhi uchuvchi-instruktori Andrey Tyan, ikkinchi uchuvchi Yuriy Gorkov va aviakompaniyaning bosh shturmani Stanislav Gurfinkel boshqarib kelishgan. Ikkinchi Dreamliner samolyotini «Boeing» korporatsiyasida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Bosh direktori o‘rinbosari Gennadiy Xarlap, «Uzbekistan airways technics» korxonasi direktori o‘rinbosarlari Andrey Margachev va Valeriy Kosovlar qabul qilib olishgan.
«Orzu kemasi»ni kutib olish tantanasida milliy aviakompaniya rahbariyati va xodimlari, turli idoralar vakillari qatnashgan. Shu munosabat bilan Business Lounge «Uzbekistan airways» zalida respublika va xorijiy OAV uchun matbuot brifingi tashkil etildi.
Ta'kidlanishicha, Boeing -787 Dreamliner samolyotining ilk nusxasi keltirilganidan atigi ikki oy o‘tgach, respublika uchuvchilari, o‘zlarining malakali tayyorgarlik ko‘rganliklari, professionalligi va yuqori mas'uliyati bilan ikkinchi havo laynerini ham biron joyga to‘xtamasdan olib kelishga muvaffaq bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, ikki oy muqaddam, «Boeing» korporatsiyasi direktori R.Konnerning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida yana uchta yangi orzu samolyotlarini xarid qilishga kelishib olingan edi. O‘zbekiston aviakompaniyasining ilk ikkita Drimlaynerlari 787-8 rusumli bo‘ladi, qolganlari o‘rindiqlari soni ko‘paytirilgan 787-9 rusumidagi namunada ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
08:01
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallab turibdi
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024