09:30 / 06.11.2016
16846

6 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

5 noyabr tuni va 6 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Sergelida eski uylar buzilishi boshlandi

Foto: mytashkent.uz

Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan eski uylar buzilishi boshlandi.

Batafsil.

AQShning Nyu-Jyersi shtatida bosqinchilik oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi Nyuark shahrida pichoq bilan hujum qilish oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi va yana 3 kishi yaralandi.

Batafsil.

Xitoy Yevropa Ittifoqiga migratsion inqirozni yengishda yordam berishga tayyorligini bildirdi

Foto: Getty Images

Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Xitoy Yevropa Ittifoqiga migratsion inqirozni yengishda va terrorchilikka qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi.

Batafsil.

Istanbulda aeroport binosi yonida otishma yuz berdi

Foto: AP

Istanbulda Otaturk nomidagi aeroport binosi yonida otishma yuz berdi.

Batafsil.

Kanadada 60 yil oldinroq yo‘qolgan atom bomba topildi

Foto: Globalsecurity.org

Kanadada Xayd-Guai arxipelagida mahalliy aholi vakili AQShning Mark 4 atom bombasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan noma'lum jismni aniqladi.

Batafsil.

Norvegiya OIVning oldini olish uchun fuqarolarga bepul dori vositalari beradigan birinchi davlat bo‘ldi

Foto: Flickr

Norvegiya OIV (odam immunotanqisligi virusi)ning oldini olish tizimi bo‘yicha xavfli guruhlar orasida bepul dori vositalari tarqatadigan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.

Batafsil.

Filippindagi shaharlardan birining sobiq meri turmada otib tashlandi

Foto: EPA

Filippinning Albuera shahri sobiq meri Rolando Espinoza politsiyachilar tomonidan  qamoq kamerasida otib tashlandi.

Batafsil.

Qozog‘istonda to‘y korteji tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi

Foto: Youtube

Qozog‘istonning Oqto‘besida to‘y korteji yo‘lda harakatlanishga to‘sqinlik qilib, tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagan.

Batafsil.

Shahrixon tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori lavozimidan ozod etildi

Foto: Flickr

O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirligida fuqarolar murojaati nazorati yanada kuchaytirish bo‘yicha maxsus hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil.

"Malika" savdo markazida telefon narxlari biroz oshdi

Foto: Flickr

"Malika" savdo markazida telefon narxlari o‘tgan hafta yana biroz oshdi.

Batafsil.

"Chelsi" "Everton" darvozasiga javobsiz beshta gol urdi

Foto: Twitter/chelsea

Angliya chempionatining 11-turida "Chelsi" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qildi. Uchrashuvni juda yaxshi boshlagan "aristokratlar" butun o‘yin davomida ustunlikga ega bo‘lishdi va raqib darvozasini birin-ketin gollar urdi.

Batafsil.

Britaniyalik tennischi Marrey faoliyatida birinchi marotaba birinchi raqamli tennischiga aylanadi

Foto: EPA

Britaniyalik tennischi Endi Marrey 7 noyabrda o‘z faoliyatida birinchi marotaba Professional tennischilar uyushmasi reytingining birinchi pog‘onasini egallaydi.

Batafsil.

Top