15:59 / 06.11.2016
5893

Iroqdagi teraktlar tufayli qurbon bo‘lganlar soni 39 nafarga yetdi

Iroqning 2 shahrida sodir etilgan teraktlar tufayli qurbon bo‘lganlar soni 39 nafarga yetdi, 40 kishi jarohatlangan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 9 nafarligi aytilgandi.

Terrorchi xudkush Tikrit shahridagi avtomobil yo‘lida tig‘iz vaqtda o‘zi mingan avtomobilni portlatib yuborgan. Shaharda komendantlik soati joriy etilgan, hukumat yana terakt sodir bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirgan.

Xabarda aytilishicha, shu vaqtda Tikrit viloyatining Saloh ad-Din tumanida ham otishma kelib chiqqan.

Yana bir portlash Tikritdan 50 km masofadagi Samarra shahrida sodir etilgan. Xudkush portlovchi qurilma o‘rnatilgan mashinani shialarning masjidi hovlisida portlatishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top