Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada 60 yil oldinroq yo‘qolgan atom bomba topildi
Kanadada Xayd-Guai arxipelagida mahalliy aholi vakili AQShning Mark 4 atom bombasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan noma'lum jismni aniqladi. Xavfli buyum 1950 yilda yo‘qotilgan bo‘lishi mumkin.
Erkak topilma haqida darhol Kanada mudofaa vazirligiga xabar bergan. Mahalliy flot vakillari bomba haqidagi xabarni tekshirib ko‘rishga va'da berganlar. Yaqin kunlarda voqea joyiga Kanada harbiy-dengiz kuchlari kemasi yetib keladi, deb yozmoqda Guardian.
Mutaxassislar bomba xavf solishi mumkinligi va uni yuzaga chiqarish kerak-kerakmasligini aniqlashmoqchi.
1950 yil fevralda AQSh harbiy-havo kuchlarining B-36 bombardimonchi samolyoti shu hududda mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotganda uning dvigateli yonib ketgan. Shu sababli samolyot ekipaji bortdagi bombani Tinch okeaniga tashlab, o‘zi samolyotni tark etishga majbur bo‘lgan. AQSh harbiy-havo kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, bomba plutoniy zaryadi bilan jihozlanmagan.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:49 / 19.05.2026