Norvegiya OIV (odam immunotanqisligi virusi)ning oldini olish tizimi bo‘yicha xavfli guruhlar orasida bepul dori vositalari tarqatadigan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu tizim samaradorligi 99 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Business Insider ma'lum qildi.
Norvegiya sog‘liqni saqlash vaziri Bent Xyoyye nashrga ma'lum qilishicha, bepul profilaktik dori vositalari OIV bilan kasallanish xavfiga ko‘proq uchrashi mumkin bo‘lgan fuqarolarga tarqatiladi. HivNorway tashkiloti ularga PrEP kabi ma'lum bo‘lgan umumiy aloqaoldi profilaktikasini bepul taklif qiladi.
Ma'lum qilinishicha, PrEP OIV infeksiyasi bilan kasallanish xavfini vositani qabul qilish chastotasiga bog‘liq ravishda 92-99 foizga kamaytirishga imkon beradi.
Bunday tashabbuslar Kanada, Fransiya, Janubiy Afrika va AQShda mavjud, biroq ularning birortasida PrEp bepul va retseptsiz berilmaydi.
Misol uchun, Fransiya agar vosita shifokor tomonidan buyurilgan bo‘lsa to‘liq qoplanadi, AQShda esa tibbiy sug‘urta uning narxini qisman qoplaydi. Sug‘urtasiz PrEP narxi yiliga 24 ming dollarga aylanishi mumkin.









