12:10 / 06.11.2016
10371

OAV: 40 mln dan ko‘proq amerikaliklar muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlarida ovoz berib bo‘lishdi

Foto: AP

AQShning 50 shtatidan 48 shtatida 40 mln dan ko‘proq amerikaliklar muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlarida ovoz berib bo‘lishdi. Bu 2012 yildagi ko‘rsatkichdan anchagina ko‘proqni tashkil qilgan, deb xabar bermoqda Associated Press.

Agentlik shuningdek Kantar Media konsalting firmasi ma'lumotlarini keltirib o‘tdi: unga ko‘ra, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning saylovoldi tashviqoti va televideniye orqali reklama xarajatlari 267 mln dollarga yetgan. Uning asosiy raqibi Donald Trampning xarajatlari esa anchagina kamroqni – 93 mln dollarni tashkil qilgan.

Tramp saylov shtabining ma'lum qilishicha, Tramp oktabrda ko‘ngilli xayr-exsonlar ko‘rinishida saylovoldi maqsadlari uchun 100 mln dollardan ko‘proq mablag‘ jalb qila olgan. Bu miqdor sentabrdagidan 15 foiz ko‘proq bo‘lgan.

Uning raqibi Xillari Klinton ko‘ngilli xayr-ehsonlar ko‘rinishida 53 mln dollar yig‘a olgan. 

8 noyabrdagi saylovlarda amerikaliklar AQShning yangi prezidenti va vitse-prezidentidan tashqari, Kongressning quyi palatasining butun tarkibi va Senatining uchdan bir qismini, 12 ta shtat gubernatori va bir qator shaharlar merlarini qayta saylashlari kerak bo‘ladi.

Top