11:28 / 06.11.2016
5350

OAV: Janubiy Koreya sudi prezidentning ikki sobiq maslahatchisini hibsga olishga order berdi  

Foto: AP

Janubiy Koreya sudi mamlakatning amaldagi prezidenti Pak Kin Xening ikki sobiq maslahatchisini prezidentning dugonasi ishtirokidagi mojaro sababli hibsga olishga order berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.    

Ma'lumotlarga ko‘ra, prezidentning sobiq bosh maslahatchisi o‘z xizmat vakolatini suiiste'mol qilish va tovlamachilikda ablanmoqda. Ikkinchi gumonlanuvchi maxfiy axborotni oshkor qilishda gumon qilinmoqda.

Ikki amaldor ham oktabrda mojaro sababli o‘z lavozimlarini tark etgan.

4 noyabrda Janubiy Koreya prezidenti mamlakat aholisiga telemurojaat bilan yuzlanib, unda dugonasi Chxve Sun Sil ishtirokidagi mojaro uchun kechirim so‘ragan va tergovga ko‘mak ko‘rsatishga va'da bergan. "Yana bir bor uzr so‘ramoqchiman. Men sizning ishonchingizni aldaganim uchun afsusdaman", deb aytgan prezident.  

Ba'zi muxolif siyosatchilar prezidentni o‘z dugonasiga davlat ishlariga aralashishga imkon berganlikda, unga maxfiy hujjatlarni berishda ayblamoqdalar.

Mavzuga oid
Top