10:51 / 07.11.2016
12477

AQSh elchixonasi Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

Foto: uz.usembassy.gov

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etdi. Hamdardlik mazmunidagi xabar elchixonaning Facebook‘dagi sahifasiga 3 tilda yozilgan.

«AQSh elchixonasi taniqli shoir, O‘zbekiston qahramoni, o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan adib Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi. Oxiratingiz obod bo‘lsin!» — deyiladi ta'ziyanomada.

Abdulla Oripov 5 noyabr kuni Texas shtatining Hyuston shahridagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Marhum shoir 3 noyabr kuni kechqurun koma holatiga tushib qolgandi.

Mavzuga oid
Top