Kurdlardan tashkil topgan peshmerga harbiy bo‘linmalari IShID terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan egallab olingan Baashika shahriga yurishni boshladi, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.

Baashika Mo‘sul shahridan 13 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Shahar bir necha hafta mobaynida kurdlarning peshmerga kuchlari qurshovida edi. Hujum ikki yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgani xabar qilinmoqda. 

Ta'kidlanishicha, 6 noyabr kuni kurd harbiylari shaharga artilleriya va minomyot zarbalari bergan. Mazkur hujum ham artilleriya va havo zarbalari yordamida amalga oshirilayotgani xabar qilinmoqda.