Rossiya chempionatida dramatik uchrashuv: 6ta gol, 2 chetlatish va 2 marta «kambek»
Rossiya chempionatida 13-turning yakunlovchi uchrashuvida «Krasnodar» «Orenburg»ni qabul qildi. Bu uchrashuv mavsumning eng yorqin o‘yinlaridan biriga aylandi va deyarli Hollivud ssenariylari yo‘sinida kechdi.
Mezbonlar o‘tgan haftada Yevropa Ligasi uchrashuvidagi mag‘lubiyatga qaramasdan bu o‘yinni ko‘tarinki ruhda boshlashdi. Avvaliga mezbonlar hujumchisi Pereyra hisobni ochdi. Lotin amerikalik futbolchilarning ajoyib kombinatsiyasi golga aylandi: Ari uzatgan zargarona pas Pereyra tomonidan raqib darvozasi to‘riga joylandi.
Ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas «Orenburg» ikkinchi golni o‘tkazib yubordi. Darvozabon Kritsyuk to‘pni uzoqlarga tepdi, Kaleshin bu to‘pga ega chiqib, uni jarima maydonchasidagi Ariga yetkazdi, bu hujumchi esa o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi – o‘yinning 11-daqiqasidayoq hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi. Endilikda bu o‘yinda intriga qolmagandek edi.
Lekin bu hali hammasi emas ekan! Yana 5 daqiqa ichida mehmonlar futbolchisi Breyev raqib jarima maydoni ichida to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurdi va hisob o‘zgardi - 2:1.
5 daqiqadan keyin yana bir gol urildi. Kritsyuk to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p Vladimir Poluyaxtovga sovg‘a qilindi va hisob tenglashdi - 2:2.
21-daqiqa ichidagi bu hodisalar bilan «kambek» tugamadi. Keyingi golni muxlislar odatiga ko‘ra 5 daqiqa emas, rosa 10 daqiqa kutishdi. Yana bir marta «Krasnodar» darvozasiga jarima zarbasi, bu safar Poluyaxtov boshi bilan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Kritsyuk maydonni tark etdi — xatolari uchun emas, jarohati tufayli. Shalimov uning o‘rniga Sinitsinni tushirdi.
Birinchi bo‘lim oxirida hakam «Krasnodar» vakili Ebu Kuassini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan haydab chiqardi.
Ikkinchi bo‘limda jamoalarning tarkiblari soni tenglashdi. Andrey Malix qo‘pol tashlanib, Okriashvilining oyoqlarini uzib yuborgudek bo‘ldi va o‘rnidan ko‘tarilganda ro‘parasida qizil kartochka ko‘targan hakamni ko‘rdi. Shunday qilib, o‘yin hakami Meshkov ham "dubl" qayd etdi.
Malixning xatosi «Orenburg» uchun qimmatga tushdi. O‘sha vaziyatdan biroz o‘tib Joaozino Martinovichning boshiga to‘pni qo‘ndirib berdi va hisob tenglashdi – 3:3.
Odil Ahmedov zaxirada qoldirildi, Vadim Afonin esa to‘liq harakat qildi.
Bu natijadan keyin «Krasnodar» 21 ochko bilan beshinchi o‘rinda, 12-o‘rindagi «Orenburg» hisobida 11 ochko bor.
Mavzuga oid
13:19 / 27.04.2024
Krasnodar o‘lkasida NQZ dronlar hujumidan so‘ng zarar ko‘rdi
09:30 / 27.04.2024
Krasnodar o‘lkasiga dronlar hujum qildi
20:18 / 12.04.2024
Orenburgda ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi. Fotosuratlar
20:29 / 09.04.2024