Jahon | 20:19 / 07.11.2016
4434
2 daqiqa o‘qiladi

Somalida qurolli to‘qnashuv oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Somalining markaziy qismidagi Galkayo shahrida qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi va 50 nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

Bundan oldinroq agentlikda yakshanba kuni Puntlend va Galmuduga yarim avtonom hududlaridagi qurolli guruhlar o‘rtasida yer uchun nizolar yangilangani haqida xabar qilingandi.

Militsiya otryadlari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin Puntlenddan bo‘lgan 16 kishi va Galmudugadan bo‘lgan 13 kishi halok bo‘lgan. Ikki tomondan mos ravishda 30 va 20 nafardan askar jarohatlangan.

Galmudug va Puntlend o‘rtasidagi chegarada avval ham otishmalar bo‘lib turgan va kishilar halok bo‘lgan. 2011 yili ikki hudud rahbarlari xavfsiz masalasida kelishuvga erishgandi. Lekin 2014 yilda tan olinmagan bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar orasi yana buzildi va BMT hamda Yevropa Ittifoqining aralashuvi ham nizolarni hal qila olmayapti.

Mavzuga oid