Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
Foto: turkistonpress.uz
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda uzdaily.uz nashri xabar bermoqda.
Rozuqulov Turkmanistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillariga boshchilik qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Turkmaniston bilan keng ko‘lamli muloqotni rivojlantirishga katta ahamiyat ko‘rsatayotgani ta'kidlab o‘tildi.
O‘z navbatida, Turkmaniston prezidenti yaqin qo‘shnilar, jumladan O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning mustahkamlanayotgani Turkmaniston tashqi siyosatida strategik ustuvor yo‘nalish ekanligini qayd qilib o‘tdi.
Tomonlar muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek-turkman hamkorligining holati va istiqbollarini muhokama qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, ikki davlat savdo-iqtisodiy soha, agrar tarmoq va boshqa sohalarda sermahsul aloqalarni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlarga egalar.
O‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishi qatorida transport-kommunikatsiya sektori aytib o‘tildi. Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston vakillarini Ashxobodda 2016 yil 26-27 noyabrda BMT boshchiligida bo‘lib o‘tadigan barqaror transport tizimi bo‘yicha birinchi global anjumanda ishtirok etishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari mustahkamligiga va ikki davlat manfaatlariga javob beruvchi sermahsul hamkorlikning muvaffaqiyatli davom ettirilishiga ishonch bildirishdi.
Mavzuga oid
14:16 / 25.02.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi
13:25 / 23.02.2026
O‘zbekiston–AQSh turistik almashinuvi: yanvar oyi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026