Janubiy Sudan poytaxti Juba atrofidagi shaharda noma'lum kimsa mahalliy barda Angliya premer-ligasi uchrashuvini tomosha qilayotgan futbol muxlislarini o‘qqa tutdi.

Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi va yana 16 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldilar, deb ma'lum qildi The National Courier.

Politsiya sa'y-harakatlariga qaramasdan, jinoyatchi voqea joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda u qidirilmoqda. Politsiya voqeani tergov qilmoqda va jinoyat sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.