08:01 / 08.11.2016
5360

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati qarzini to‘lay olmayapti

Foto: Reuters

Braziliya hukumati Rio-de-Janeyro shtatining bank hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.

Shtat mahalliy hokimiyatiga ko‘ra, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazgach, moliyaviy ahvoli favqulodda yomonlashgan. Shuningdek, davlat xizmatchilariga maoshlar o‘z vaqtida to‘lanmayotgani xabar qilinmoqda. 

Mamlakat hukumati esa 170 mln real (53 mln AQSh dollari) miqdoridagi qarzdorlikni yopishni talab qilmoqda. Rio-de-Janeyro shtati hisob raqamlari qarz to‘lanmaguncha muzlatilishi ta'kidlanmoqda. 


 

Top