Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahri markazida mintaqadagi eng yirik ko‘p funksiyali sport maydoni quriladi. Uning sig‘imi 20 ming o‘rindiqqa mo‘ljallangan, deb yozmoqda The National nashri.
Stadion maydoni 46 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Inshoot 2018 yil oxirida foydalanishga topshiriladi.
Havoni sovutish tizimiga ega bo‘lgan maydonda musiqiy konsertlar, sport musobaqalari va ko‘ngilochar tomoshalar o‘tkaziladi.









