“Bugun bu boradagi loqaydlikka nuqta qo‘yishimiz va bir qator ishlarni qayta ko‘rib chiqishimiz zarur. Jumladan, oilani mustahkamlash va yoshlarni turmushga tayyorlash bo‘yicha qiladigan ishlarning ko‘pchiligi rasmiyatchilik uchungina bo‘lib qolyapti” deydi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova.

Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ko‘p hollarda yosh kelin-kuyovlar arzimas sabablar bilan ajrashib ketayotganini ta'kidlagan.

“Bir arizada qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va'da qilgan avtomashinani olib bermagani uchun kuyovto‘ra ajrashmoqchi ekanini bildirgan. Belida belbog‘i bor o‘zbek yigitining shu darajaga borishining o‘zi naqadar uyatli va sharmandali hol emasmi?” deydi Senat qo‘mita raisi.