16:27 / 08.11.2016
8471

Surxondaryoda tuman yo‘l xo‘jaligi korxonasi boshlig‘i mansab mavqeini suiiste'mol qildi

SVOJJDLQK departamentining Muzrabot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta'minlash-foydalanish korxonasi boshlig‘i I.Jo‘raboyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) “Surxondaryoavtoyo‘l” xo‘jalik yo‘l foydalanish tashkiloti, “Surxon Termiz Elektro” xususiy korxonasi, “Janubiy xalqaro davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash foydalanish korxonasi”ning mansabdor shaxslari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mansab mavqeini suiiste'mol qilganligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Jumladan, bu kimsalar 2015 yil davomida hududdagi bir necha yo‘llarni joriy ta'mirlash jarayonida amalga oshirilgan ishlarga aslida bajarilmaganlarini ham qo‘shib yozib, hujjatlarga soxta yozuvlar kiritgan holda, 32 mln so‘mlik byudjyet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilishgani aniqlandi.

Shuningdek, I.Jo‘raboyev 2014-2015 yillar davomida korxona balansida bo‘lgan MAN avtomashinasidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib, davlat manfaatlariga 87,4 mln so‘m zarar yetkazgani ham tekshirishda o‘z tasdig‘ini topdi.

Mazkur holat yuzasidan I.Jo‘raboyev va uning sheriklariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud tomonidan qonuniy jazo tayinlandi.

Mavzuga oid
Top