23:17 / 08.11.2016
16611

Kun.uz o‘quvchilari AQShdagi prezidentlik saylovida kim g‘olib bo‘lishini taxmin qilishdi

Foto: Reuters

8 noyabr kuni AQSh prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Amerikaliklarning va butun dunyoning nigohi ikki nomzod — Hillari Klinton va Donald Trampga qaratilgan. Kun.uz sayti ham nomzodlar borasida o‘z o‘quvchilarining fikrini bilish maqsadida sayt hamda Telegram'dagi kanal orqali so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda 1800 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. 

Ovoz berganlarning 55 foizi saylovda Donald Trampni g‘olib bo‘ladi deb taxmin qilgan bo‘lsa, qolgan 45 foiz o‘quvchi bu borada Hillari Klinton g‘alaba qozonadi degan fikrni ilgari surishgan. 

Top