Telegram’dan foydalanuvchi birinchi zararli dastur aniqlandi
Jinoyatchilar tomonidan Telegram messenjerini qo‘llab, 5 ming rubl miqdorida pul talab qilinadigan birinchi zararli dastur aniqlandi. Bu haqda antivirus dasturlari yaratish bilan shug‘ullanuvchi "Laboratoriya Kasperskogo" kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Zararli dastur matnli va grafik fayllarni shifrlaydi. U Telegram boti hisoblanadi. Dastur yaratuvchilari messenjer servislaridan botni identifikatsiya qilish uchun unikal token (foydalanuvchini avtorizatsiya qilish, elektron yozishmalarni himoyalash, axborot resurslariga masofadan xavfsiz kirish va shaxsiy ma'lumotlarni ishonchli saqlashga xizmat qiluvchi) olishdi va uni dasturga kiritishdi.
Natijada dastur messenjerning ommaviy API’sini qo‘llab, jinoyatchilar bilan aloqani qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Misol uchun, dastur kiberjinoyatchilarni kompyuter zararlangani haqida xabardor qilish uchun berilgan raqamli chatga xabar yuboradi.
"Agar siz bu dasturning qurboniga aylangan bo‘lsangiz, sizdan jinoyatchilarga pul to‘lamaslikni so‘raymiz", deb aytdi kompaniya xodimi Fedor Sinitsin.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
20:04 / 26.11.2024