2016 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV sayti xabar bergan.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi munosabatlar muhokama qilindi.