Turkish Airlines xalqaro reyslarni bekor qilmoqda
Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi Turkish Airlines mijozlar kamaygani sababli 17 ta xalqaro reysni bekor qilishga qaror qildi. "Haberler" yangiliklar portalining ma'lum qilishicha, reyslar bekor qilinishi bilan 30 ta yo‘lovchi samolyoti foydalanishdan chiqariladi.
Bunday qarorning qabul qilinishiga iqtisodiy qiyinchiliklar va terrorchilik tashkilotlarining faolligi sabab deb ko‘rsatilmoqda, shu sababli Turkish Airlines’ning mijozlari soni kamayib ketgan. Ta'kidlanishicha, bu choralarni hozircha qishki mavsumga kiritish rejalashtirilgan. Samolyotlar kompaniyaga daromad keltirishi uchun parvoz qilishi kerak, deb hisoblanadi, laynerning yerda bekor turishi esa moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. Biroq aviakompaniya uchun hozirgi sharoitlarda reyslarning bekor qilinishi ma'qulroq variant ko‘rinadi.
Foydalanishdan chiqarilgan Airbus A330-200 samolyotlaridan 12 tasi Anqara aeroportiga yetkazildi. Ular qishki mavsumda ishlamaydigan ikkinchi xalqaro terminalga olib borib qo‘yilgan. Taxmin qilinishicha, bu samolyotlar salt turish vaqtida texnik ko‘rik va modernizatsiyadan o‘tadi. Hammasi bo‘lib kompaniya parkida 298 ta samolyot mavjud.
Bekor qilingan xalqaro reyslar orasida Jazoir, Daniya, Fransiya, Germaniya, Eron, Italiya, Iordaniya, Gollandiya, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Ukraina va Qirg‘iziston bilan parvozlar bor. Davlat ichida esa Eskishehir, Tokat, Erdemit, Ushak va Siirt shaharlariga reyslar amalga oshirilmaydi.
Mavzuga oid
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024