Jahon | 12:14 / 09.11.2016
11186
1 daqiqa o‘qiladi
Bloomberg agentligi AQShning yangi prezidenti kim bo‘lishini taxmin qildi
AQShda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Ayni vaqtda, ovozlarni sanash ishlari ham poyoniga yetib bormoqda. Turli OAV dastlabki natijalarga tayangan holda, o‘zlarining taxminlarini bildirishmoqda.
Xususan, moliyaviy, iqtisodiy yangiliklarga ixtisoslashgan obro‘li Bloomberg agentligi AQShning yangi prezidenti kim bo‘lishi borasida o‘z fikrini bildirdi. Unga ko‘ra, respublikachilar nomzodi Donald Tramp AQShning navbatdagi davlat rahbari bo‘lishi mumkin.