12:30 / 09.11.2016
7011

Dunyodagi eng katta planetariy qurilishi boshlandi

Foto: gjczz.com

Shanxayda dunyodagi eng katta planetariy qurilishi boshlandi. Bu haqida «Jenmin jibao» gazetasida ma'lum qilindi. 
 
Manbada ta'kidlanishicha, qurilishga kiritilgan investitsiya taxminan 528 million yuanni tashkil qiladi. 

Shanxay planetariysi qurilish boshqaruvi mas'ul xodimining so‘zlariga ko‘ra, planetariyga ajratilgan yerning umumiy maydoni - 58,6 ming kvadrat metr, qurilish maydoni esa - 38 ming kvadrat metrdan ortiq. Bu maydoni bo‘yicha dunyoning eng katta planetariysi hisoblanadi. 
 
Shanxay planetariysi 2020 yilda ochilishi rejalashtirilmoqda. Uning mavzusi - "Inson va koinot", uch  asosiy zona ajratilgan - "Uy", "Koinot" va "Yo‘l". 
 

Top