"Inter"ning sobiq bosh murabbiyi Frank de Bur "Galatasaroy"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
"Galatasaroy" jamoasi rahbariyati klubning hozirgi ustozi Yan Olde Rikerink ishidan qoniqish hosil qilmayapti va uni ishdan bo‘shatishlari mumkin. Uning o‘rnini esa Frank de Bur egallashi kutilmoqda. "Galatasaroy" ayni vaqtda turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" o‘tgan haftada qoniqarsiz natijalar sababli Frank de Burni iste'foga chiqargandi.









