Iroq Kurdistonida yer tagidan noma'lum ko‘r baliqlar suzib chiqdi
Germaniyaning Leybnits nomidagi chuchuk suv ekologiyasi instituti olimlari Iroq Kurdistonida avval noma'lum bo‘lgan ko‘r baliqlar turini aniqlashdi. Olimlar bu haqda Zootaxa jurnalida ma'lum qilishdi.
Eidinemacheilus proudlovei deb nomlangan bu antiqa baliqlar birinchi marotaba joriy yilning mart oyida aniqlangan. Ular yer osti suvlarida yashaydilar.
O‘shanda Zagros tog‘ tizmalarida kuchli yog‘ingarchilikdan keyin mahalliy aholi yangi chashma aniqlagan. Aynan shu chashmada avval hech uchramagan g‘ayritabiiy baliqlar aniqlangan. Ulardan aksariyati o‘sha ondayoq qushlar tomondan yeb tashlangan. Ma'lum qilinishicha, bu antiqa baliqlarni yig‘ib olgan birinchi shaxs kurd biologi Korsh Ararat bo‘lgan.
"Eidinemacheilus proudlovei’da ko‘z va tangachalar yo‘q, uning terisi dog‘larga ega emas. Ehtimol, baliqlar g‘orlar devoridagi bakterial plyonka bilan oziqalanadi, biroq ularning kelib chiqishi haqida hech narsa ma'lum emas", deb tushuntirish berdi tadqiqot ishi muallifi Jorj Freyxof.
Mavzuga oid
22:40 / 19.03.2018
Suriyadagi maqsadiga erishgan Turkiya endi Iroqda harbiy amaliyot boshlash bilan tahdid qilmoqda
17:45 / 14.03.2018
Iroq Kurdistonida xalqaro aeroportlar faoliyati tiklandi
17:30 / 02.01.2018
Bag‘dod Eron va Turkiya bilan chegara hududlarida nazorat o‘rnatdi
15:00 / 02.01.2018