Jahon | 22:17 / 09.11.2016
13141
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton AQSh prezidentligi saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan oldi

Foto: Getty Images

Xillari Klinton AQSh prezidentligi saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan oldi. Sobiq birinchi xonim Manxetten markazidagi "Nyu-Yorker" mehmonxonasida jurnalistlar bilan muloqot qildi.

"O‘tgan kecha men Donald Trampni tabrikladim va unga mamlakatimiz manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishni taklif qildim. Afsuski, biz yuta olmadik", deb aytdi Klinton.

"Umid qilamanki, u amerikaliklar uchun muvaffaqiyatli prezident bo‘ladi. Donald Tramp bizning prezident bo‘ladi. Biz unga nisbatan ochiq bo‘lishimiz va unga mamlakatni boshqarish uchun imkoniyat berishimiz lozim", deb qo‘shimcha qildi Klinton.

8 noyabrda o‘tgan saylovlarga ko‘ra, Tramp 270 dan ortiq saylovchilar ovozini oldi va shu tariqa o‘ziga g‘alabani ta'minladi.

 

Mavzuga oid