09:04 / 09.11.2016
7273

OAV Kichik Jorj Bush Klintonga ovoz berganini ma'lum qildi, biroq uning vakillari buni inkor qilishdi

Foto: Reuters

AQShning sobiq prezidenti Kichik Jorj Bush va uning rafiqasi Laura Bush AQSh prezidentligi saylovlarida Xillari Klintonga ovoz berdilar, deb ma'lum qildi nufuzli jurnalist Rash Limbo.

"Menga Jorj Bush va uning rafiqasi Laura Bush Klintonga ovoz berganlarini ma'lum qilishdi", deb aytdi Limbo o‘zining radio-shousi efirida, deb xabar berdi Washington Examiner nashri.

Limbo respublikachilarni qo‘llab-quvvatlashi bilan ma'lum, uning shousi AQShning 600 ga yaqin radiostansiyasi orqali uzatiladi.

Biroq Bushning vakillari bu xabarni inkor qilishdi. Ularning aytishicha, sobiq prezident va uning rafiqasi "Trampga ham, Klintonga ham ovoz berishmagan".

O‘z navbatida New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Bushlar prezident lavozimiga nomzodlar ko‘rsatilgan byulletenni to‘ldirishmagan, biroq Respublikachilar partiyasining boshqa lavozimlar uchun kurashayotgan nomzodlariga ovoz berishgan.   

 

Mavzuga oid
Top