Jahon | 11:56 / 09.11.2016
5425
1 daqiqa o‘qiladi

Respublikachi Jon Makkeyn oltinchi marta AQSh senatiga saylandi

Jon Makkeyn Arizona shtatidan senator sifatida saylandi. Bu ma'lumot NBC News telekanali saytida ma'lum qilingan.

60 foiz ovozlar hisoblanganidan keyin Makkeyn Demokratlar partiyasi vakili Enn Kirkpatrikni 11 foizga ortda qoldirgan. Respublikachilar vakili 53 foiz, demokratlar vakili esa 42 foiz ovoz olgan.

The Hill nashrining qayd etishicha, Makkeyn oltinchi marta AQSh senatiga saylandi. Shu tariqa, u Qo‘shma shtatlar tarixidagi eng uzoq vaqt senator bo‘lgan shaxs sifatida qolishi mumkin.

Mavzuga oid