10:27 / 09.11.2016
5325

Tramp AQSh prezidentligi uchun saylovlarda ikkita muhim shtatda g‘alaba qozonmoqda

Foto: © RIA Novosti

AQSh prezidentligi uchun saylovlarning deyarli barcha shtatlardagi natijalari tobora oydinlashmoqda. NBC News telekanalining xabar qilishicha, respublikachilar nomzodi Donald Tramp, ikkita muhim shtatlardan biri Ohayoda g‘alaba qozongan.

Dastlab bu shtatda milliarderning raqibi, demokratlar nomzodi Hillari Klinton g‘alaba qozonayotgan edi. 

Ovoz byulletenlarining 80 foizi sanalganda Tramp Klintondan 11 foizga o‘zib ketgan va 53 foiz saylovchilar ishonchiga sazovor bo‘lgan. Klintonga 42 foiz saylovchi ovoz bergan. 

2012 yilgi AQSh prezidentligi uchun saylovda demokratlar nomzodi Barak Obama g‘alaba qozongan edi. 

Shu bilan birga, Tramp yana bir muhim shtat Floridada ham g‘alaba qozonmoqda. 

 

Top