18:16 / 09.11.2016
21377

O‘tmishga nazar: 1 yil oldin Trampning prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkinligini qanday qarshi olishgan?

2015 yilning iyulida Minnesota shtatidan bo‘lgan kongressmen Kit Ellison AVS telekanalidagi «This Week» dasturida chiqish qilganida, Donald Trampning Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishi ehtimoli haqida fikr yuritgandi.

Undan bu haqda eshitgach, boshlovchilar qattiq kulishgan va kongressmenning so‘zlariga ishona olmasliklarini aytishgandi.

«Bizda, Minnesotada Jyessi Ventura poygada g‘olib chiqdi. Uning g‘olib bo‘lishini ham hech kim o‘ylamagandi. Ba'zida shunday dahshatli ishlar sodir bo‘lib turadi», — deya davom etgandi Ellison.

2016 yilning 20 iyulida Tramp Respublikachilar partiyasining AQSh prezidentligining yakuniy bosqichi uchun nomzodiga aylangandi. 9 noyabr kuni milliarder Amerika Qo‘shma shtatlarining 45-prezidentiga aylandi.

Top