Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonga "Tolibon" bilan muzokaralar o‘tkazishda yordam berishga tayyorligini bildirdi
Foto: inforeactor.ru
O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston va "Tolibon" radikal guruhi o‘rtasida muzokaralar uchun maydon taqdim qilishga tayyor, deb ma'lum qildi Afg‘oniston prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Shokir Kargar. Bu haqda Afghanistan.ru xabar bermoqda.
Kargar 7 noyabrdagi matbuot-anjumanida Toshkent nafaqat Qobulning Afg‘onistonda tinchlikni tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini, balki yarashuv jarayonini aniq harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini ma'lum qildi. Shu munosabat bilan Toshkent o‘z hududida toliblar bilan uchrashuvni tashkillashtirishni taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, Kargarning ta'kidlashicha, O‘zbekiston Qobulning Shanxay hamkorlik tashkilotida to‘laqonli a'zolik qilishi bo‘yicha arizasini qo‘llab-quvvatlash hamda Afg‘onistonga narkoxavfga qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatishga rozilik bildirgan, deb ma'lum qildi afg‘on OAV.
Mavzuga oid
12:09 / 30.12.2025
O‘zbekiston 2025 yilni qanday o‘tkazdi?
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025