09:06 / 10.11.2016
12834

10 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

9 noyabr tuni va 10 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘z transport tizimidan birgalikda foydalanishga taklif qildi


Foto:© Sputnik

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anvar Nosirov MDH davlatlarini O‘zbekistonning rivojlangan transport tizimidan birgalikda foydalanishga taklif qildi.

>>> Batafsil.

Klinton AQSh prezidentligi saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan oldi


Foto: Getty Images

Xillari Klinton AQSh prezidentligi saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan oldi. Sobiq birinchi xonim Manxetten markazidagi "Nyu-Yorker" mehmonxonasida jurnalistlar bilan muloqot qildi.

>>> Batafsil.

BMT bosh kotibi Trampni g‘alaba bilan tabrikladi

Foto:TASS

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Donald Trampni AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alaba bilan tabrikladi.

>>> Batafsil.

Kaliforniyada ikkita qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi


Foto: © AP

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkita qiruvchi-bombardimonchi F/A-18 Hornet samolyoti Kaliforniya shtati San-Diyego shahri osmonida to‘qnashib ketdi.

>>> Batafsil.

Tramp Isroil bosh vazirini uchrashishga taklif qildi


Foto: zn.ua

AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib bo‘lgan Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashdi.

>>> Batafsil.

Trampning g‘alabasi sayyoramizning eng boy odamlarining 41 mlrd dollar yo‘qotishiga olib keldi


Foto: © AFP

Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi tufayli sayyoramizning eng boy odamlarining davlatlari 41 mlrd dollarga kamaydi.

>>> Batafsil.

Amerikalik mashhur yozuvchi Tramp g‘alabasidan keyin internetda boshqa paydo bo‘lmasligini aytdi


Foto: Philly.com

Amerikalik mashhur yozuvchi, AQSh prezidentligi saylovlarida Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlagan Stiven King Donald Tramp g‘alabasidan keyin internet-hududdan ketishini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Lenovo kompaniyasi yangi smartfonini taqdim qildi


mototola.com.cn

Mobil elektronika bozorida bosqichma-bosqich rivojlanishga qaror qilgan Lenovo kompaniyasi yangi smartfoni – Moto M’ni taqdim qildi.

>>> Batafsil.

Video: Dubaydagi tovushdan tez harakatlanuvchi poyezd qanday ishlaydi?

Hyperloop One kompaniyasining rasmiy kanalida vaakumli poyezd haqida uncha katta bo‘lmagan tizer e'lon qilindi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatida to‘liq tarkibda qatnashadi

17−26 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida V jahon chempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) bo‘lib o‘tadi.

>>> Batafsil.

Top