O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bo‘yicha bosh boshqarmasi dorixonalarda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati loyihasini tayyorladi. Loyiha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 31 oktabr kuni «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi.

Vazirlik tuzgan ro‘yxatda 70ta dori vositalari va 6ta tibbiy buyumlar nomi keltirilgan.

Dorixonalarda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati
Dori vositalar
1. A+B sennozidlar (tabletkalar)
2. Azitromitsin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya)
3. Aktivlangan ko‘mir (tabletkalar)
4. Allapinin yoki Amiodaron (tabletkalar)
5. Albendazol (tabletkalar yoki suspenziya)
6. Alyuminiy va magniy birikmalari (tabletka, yoki kapsulalar, yoki ichish uchun suspenziya)
7. Ambroksol, yoki Bromgeksin, yoki Pertussin, yoki Mukaltin (tabletkalar, yoki sirop, yoki eritma)
8. Aminofillin (tabletkalar)
9. Amlodipin (tabletkalar)
10. Ammiak 10 foizli suvli eritma (eritma)
11. Amoksitsillin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya tayyorlash uchun kukun)
12. Ampitsillin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki ichish uchun suspenziya)
13. Askorbin kislotasi + Rutozid (Askorutin, tabletkalar)
14. Atenolol (tabletkalar)
15. Atsetilsalitsil kislotasi (tabletkalar)
16. Asiklovir (tabletkalar, yoki surtma, yoki krem)
17. Bendazol, yoki Papaverin (tabletkalar yoki suppozitoriylar)
18. Borat kislotasi 3 foizli spirtli eritma (eritma)