00:39 / 10.11.2016
7845

Italiya yevrodan voz kechish bo‘yicha referendum o‘tkazishi mumkin

Italiyaning "Besh yulduz" siyosiy harakati asoschisi Beppe Grillo uning partiyasi mamlakatda yevro pul birligining qo‘llanishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini talab qilishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

"Italiyada yevroni qo‘llashdan bosh tortish bo‘yicha referendum bizning yevropacha dasturimizning bandlaridan biri hisoblanadi", deb aytgan Grillo.

Grilloning aytishicha, partiyada Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish masalasi "hech qachon ko‘tarilmagan".

 

Top