20:10 / 10.11.2016
5797

Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi nomi e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazida “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovining oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining oliy ta'lim muassasalari bosqichida ham pedagog kadrlarning bu yo‘nalishdagi ilg‘or ish uslubi va tajribasi, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yoshlarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ta'sirchan usulda olib borishiga e'tibor qaratildi. Ko‘rik-talovning birinchi bosqichida 665 dan ortiq, ikkinchi bosqichida 74 nafar professor-o‘qituvchi hamda ma'naviy-ma'rifiy soha vakili qatnashgan bo‘lsa, yakuniy bosqichda 14 ishtirokchi o‘zaro bellashdi.

Toshkent Islom universiteti katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov birinchi o‘ringa loyiq topildi. Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Elyor Rahmatovga ikkinchi, Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi Muhammadjon Abduhamidovga uchinchi o‘rin nasib etdi.
 

Mavzuga oid
Top