Jahon | 16:18 / 10.11.2016
17360
1 daqiqa o‘qiladi
OAVga AQShning navbatdagi davlat kotibi nomi ayon bo‘ldi
AQShning 45-prezidenti Donald Tramp yangi ma'muriyat tuzishga kirishdi. New York Times nashrining ma'lum qilishicha, Davlat kotibligini katta ehtimol bilan AQSh Kongressi vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich egallaydi.
Gazeta bergan ma'lumotga ko‘ra, Tramp guruhidagi eng muhim postlarni uning atrofidagi eng yaqin tanishlari - siyosiy maslahatchisi, Alabama shtatining senatori Jyeff Seshns, Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani, Nyu-Jyersi gubernatori Kris Kristi egallaydi.
Politico nashrining ma'lumotiga ko‘ra, Jyeff Seshns AQSh mudofaa vaziri bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani bosh prokuror bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:28 / 27.08.2021