11:49 / 10.11.2016
13624

Olimlar falajni davolashning yo‘lini topishdi

Olimlarning xalqaro guruhi elektrostimulyatsiya va jismoniy mashqlar majmuasi yordamida falajni davolash yo‘lini o‘ylab topishdi. Tajriba falaj bo‘lib qolgan makaka (maymun turi)da o‘tkazildi va uning natijalari Nature ilmiy jurnalida e'lon qilindi.

Olimlar miyadan kelayotgan signallarni qabul qilishga  va uni tananing falaj bo‘lib qolgan qismiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan maxsus chip o‘ylab topishdi. Bu safar olimlar o‘z ishlanmalarini umurtqa jarohati sabab falaj bo‘lib qolgan makakada qo‘llashdi.

Tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan chip tana harakatini boshqaradigan neyronlar zanjirini qayta harakatga keltirishga undaydi. Mazkur metodni qo‘llash ildiz hujayralariga zarar yetkazmasdan yoki jarrohlik usuliga murojaat etmasdan falajni davolash imkonini beradi.

 

Mavzuga oid
Top