21:50 / 10.11.2016
6406

Panasonic kompaniyasi Sanyo brendi ostida smartfonlar sotmoqchi

Panasonic kompaniyasi Sanyo brendi ostida smartfonlar sotmoqchi. Bu haqda Nikkei nashri xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, Sanyo telefonlari arzon narxi (96 dollardan 192 dollargacha) bilan ajralib turadi va Amazon.com hamda boshqa internet-do‘konlar orqali sotiladi. Smartfonlar sotiladigan ilk bozor Hindiston bo‘lishi aytilmoqda.

Panasonic elektronika ishlab chiqaruvchi Sanyo Electric kompaniyasini 2009 yilda 4,6 mlrd dollarga sotib olgan. Sanyo rusumidagi ba'zi buyumlar (misol uchun, televizorlar) hozirda ham sotilmoqda, 2017 yilda esa bu brend ostida smartfonlar paydo bo‘ladi.  

Ma'lum qilinishicha, Panasonic Yaponiya va Yevropa smartfonlar bozorini 2013 yilda tark etgan. Hozirda kompaniya o‘z biznesini Hindistonda hamda Yaqin Sharq va Afrikaning rivojlanayotgan davlatlarida faol rivojlantirmoqda. Panasonic Hindiston bozorida Samsung Electronics va Oppo Electronics kabi kompaniyalarga raqobat tashkil qilishga umid qilmoqda.

 

Top