AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Nyu-Yorkdan AQSh poytaxti – Vashingtonga yetib keldi. U bu yerda AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama bilan uchrashadi.
Tramp o‘zining saylovoldi shtabi joylashgan Nyu-Yorkdan Vashingtonga rafiqasi Melaniya Tramp bilan birga keldi.
Fox New telekanalining ma'lum qilishicha, Trampning samolyotini aeroportning uchish-qo‘nish polosasida yong‘in mashinalari suv otgichlaridan "suv salyuti" otib kutib oldi.