09:12 / 10.11.2016
8128

Trampga tegishli "Tramp-tauer" binosi kuchaytirilgan nazoratga olindi

Foto: tmz.com

AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampning bosh qarorgohi joylashgan Nyu-Yorkdagi "Tramp-tauer" osmono‘par binosi politsiya tomonidan 20 yanvargacha kuchaytirilgan nazoratga olindi. Aynan shu kuni Tramp o‘zining yangi lavozimiga rasman o‘tiradi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Tramp ketidan bino ichida kuzatuv olib boradigan maxfiy xizmat agentlari tayinlandi. Yana 30 politsiyachi binoning butun perimetri bo‘yicha kun bo‘yi navbatchilik qiladi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bunday choralar Tramp g‘olib bo‘lgani e'lon qilingandan keyin unga tegishli bino atrofida namoyishchilar yig‘ila boshlagandan keyin ko‘rilgan.

AQSh prezidentligi saylovlaridan bir kun oldin bino oldida qum ortilgan yuk mashinalaridan katta to‘siq qo‘yilgandi.

 

Mavzuga oid
Top