Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning g‘alabasi sayyoramizning eng boy odamlarining 41 mlrd dollar yo‘qotishiga olib keldi
Foto: © AFP
Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi tufayli sayyoramizning eng boy odamlarining davlatlari 41 mlrd dollarga kamaydi. Bunday hisob-kitoblarni Bloomberg axborot agentligi keltirib o‘tdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning g‘alabasi Meksikaning eng badavlat odami Karlos Slim-Eluga eng ko‘p ta'sir qildi, uning aktivlari narxi 9,2 foiz yoki 5,1 mlrd dollarga kamaydi. Shu bilan birga qolgan badavlat meksikaliklarning umumiy davlati 6,5 mlrd dollarga kamaygan. Jumladan, Meksikaning eng badavlat odamlari orasida 4-o‘rinni egallovchi Yeva Gonda Rivera 487 mln dollar boy berdi.
Meksikalik milliarderlar orasida bunday yo‘qotishlar Meksika milliy valyutasi – peso bir kun ichida o‘z narxidan 10 foizga qadrsizlangani va oxirgi 10 yil ichida minimum ko‘rsatkichni qayd qilgani bilan bog‘langan. Bu Tramp g‘alaba qilgani haqidagi xabarlar ortida yuz berdi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020