16:46 / 10.11.2016
7042

Trampning g‘alabasi tufayli South Park zudlik bilan o‘z ssenariysini o‘zgartirdi 

Foto: Getty Images

Hajviy multserial bo‘lmish South Park ijodkorlari AQSh prezidentligi saylovida Donald Tramp g‘alaba qozongach, multfilmning yangi ssenariysini o‘zgartirishdi. Avvaldan tayyorlab qo‘yilgan oldingi seriyasida Hillari Klinton prezident sifatida ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Tramp hisobiga yangilangan qism AQShda 10 noyabrda namoyish etiladi. Yangi qism - "Oh Jeez" ("Ey, Xudoyim") deb nomlangan. Qism tizeri internetda e'lon qilingan.

Variety portalining xabar berishicha, yangi qismda o‘tkazilgan saylovlar ustidan juda qattiq kulingan. Qahramonlardan birining otasi unga shunday deydi: “AQShda ayollar hamma narsa bo‘lishlari mumkin, faqat prezident emas”.

Top