20:31 / 10.11.2016
6298

O‘zbekiston – Janubiy Koreya savdo forumida avtomobilsozlik sanoatida faoliyat yuritayotgan ellikdan ortiq kompaniya vakili qatnashdi

Foto: UzReport

Toshkentda O‘zbekiston – Janubiy Koreya savdo forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan forum doirasida Janubiy Koreyaning avtomobil butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirokida kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda chet el investitsiyalarini jalb etishdan iborat. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Janubiy Koreyaning «KICOX» industrial kompleks korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. 

– Korporatsiyamiz ishlab chiqarish majmualarini qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan, – deydi korporatsiya bosh direktori Cho Seong Taye. – Yurtingizga korporatsiyamiz tarkibidagi «Dong-A Precision», «Inha AMT», «KAC», «Polyone», «Primax», «Shinwoo Hitec» kabi avtomobil butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari bilan keldik. O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz. 

Forumda mamlakatimizning avtomobilsozlik sanoatida faoliyat yuritayotgan ellikdan ortiq kompaniyalari vakillari qatnashdi.

 

Top