O‘zbekiston | 12:11 / 10.11.2016
76089
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Abdulla Oripovni so‘nggi yo‘lga kuzatmoqda

O‘zbekistonliklar xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov bilan vidolashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda janoza marosimida olingan suratlar tarqalgan.

Abdulla Oripov bugun Do‘rmondagi hovlisidan chiqarildi, janoza marosimi 11:00 da boshlangan. Marhum Toshkentdagi «Chig‘atoy» qabristoniga dafn etiladi. Shoir Muhammad Ismoil o‘zining feysbukdagi sahifasida dafn marosimidan suratlar joyladi.

Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Texas shtatida uzoq xastalikdan so‘ng vafot etgan edi. 

6 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi marhumning jasadini Toshkentga olib kelish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan edi.

Manbalarga ko‘ra, shoir jasadi solingan tobut vatanga 9 noyabr kuni kechqurun Moskva orqali olib kelingan.

Mavzuga oid