21:40 / 11.11.2016
9385

Amerikalik futbolchi ayol Tramp saylanganini eshitgach, AQShga qaytishdan bosh tortdi

Amerikalik futbolchi ayol Ella Masar AQShdagi prezident saylovlari natijalaridan tashvishga tushdi va vataniga qaytishdan bosh tortdi.

Sydsvenskan xabariga ko‘ra, Shvetsiyaning «Rusengord» sharafini himoya qilayotgan futbolchi jamoa bilan tuzgan shartnomasi yana 4 yilga uzaytirilishini iltimos qilgan.

Tramp prezident bo‘larkan, ayol AQShga qaytmaslikni va'da berdi. Bunga sababi sifatida Trampning musulmonlar, ayollar va muhojirlar to‘g‘risida aytgan nojo‘ya gaplari keltirilgan.

«Men saylov natijasidan xabar topishim bilanoq «Rusengord» sport direktori bilan uchrashdim va shartnomani yana 4 yilga uzaytirishni so‘radim. Tramp prezident bo‘larkan, men AQShga qaytmayman.

Baxtimga menda Kanada pasporti bor

U bilan bir marta uchrashganman. Pasxa bayramida jamoamiz bilan uning oldiga borgandik. O‘shanda uni qanchalik qo‘rqinchli shaxs ekaniga guvoh bo‘lganman» - degan 30 yoshli ayol Shvetsiya matbuotiga bergan intervyusida.

Top