16:18 / 11.11.2016
11007

Tsukerberg Tramp g‘alabasiga doir qarashlarini bildirdi

Foto: Technonomy

10 noyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg Technonomy anjumanida chiqish qilar ekan, AQSh prezidentlik saylovida Donald Trampning g‘alabasiga doir fikrlarini bildirdi. U foydalanuvchilarning yangiliklar tasmasida paydo bo‘lgan soxta xabarlar Trampning g‘alabasiga yordam bergani xususidagi da'volarga izoh bergan. Tsukerbergning fikricha, bularning barchasi «bo‘lmagan gap», deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

Tsukerbergning aytishicha, amerikaliklar qalbaki xabarlar ta'sirida emas, o‘zlarining xulosalaridan kelib chiqqan holda, ovoz berishgan. 

“O‘ylashimcha, Facebook tasmalaridagi soxta yangiliklarning saylovlarga ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlash bo‘lmag‘ur gapdir. Saylovchilar o‘z hayotiy tajribasidan kelib chiqqan holda ovoz berishgan”, - degan Mark Tsukerberg. 

Uning fikricha, odamlar Trampning g‘alabasiga shu tarzda ko‘nikishga urinmoqdalar. 

Mavzuga oid
Top